SUT ISHLAB
CHIQARISH
jizzax organic
JIZZAX ORGANIC — O‘ZBEKISTONDA A2 SUTINI YAGONA ISHLAB CHIQARUVCHISI
2023 yildan boshlab biz foydali A2 sutini ishlab chiqarishni boshlaymiz, u oddiy sutdan yuqori darajada hazm bo‘lishi va allergiya keltirib chiqarish xavfi pastligi bilan ajralib turadi.
AMERIKADAN OLIB KELINGAN ZOTDOR SIGIRLAR
Sut beruvchi poda uchun Golshtin-friz zotli yuqori unumdorlikka ega sigirlarni tanladik
EKOLOGIK TOZALIK VA XAVFSIZLIK
Chorva o‘stirishda antibiotik va o‘stiruvchi gormonlar qo‘llanmaydi
SHAXSIY YEM BAZASI
Ekoyem ishlab chiqaramiz va uning sifatiga ishonchimiz komil
QAT'IY SIFAT NAZORATI
To‘liq siklni nazorat qilamiz: yem ishlab chiqarishdan chakana savdogacha
BIZ ENG YAXSHI TANLOVNI TAQDIM ETAMIZ!
Jizzax Organic milliy klasteri — bu O‘zbekiston aholisi salomatligi haqida qayg‘uradigan ishlab chiqaruvchi bo‘lib, ularga doim eng yaxshi tanlovni taqdim etishga intiladi. Sut beruvchi podamiz Golshtin-friz sigirlaridan iborat. Aynan shu sigirlar to‘g‘ri A2 oqsilli foydali sut beradi.
BIZ O‘Z MAHSULOTIMIZ HAQIDA FAXRLANIB GAPIRAMIZ
Made in Uzbekistan
JIZZAX ORGANIC SUT XO‘JALIGI

2022 yilda biz Yevropadan Golshtin-friz zotli sigirlarni import qilamiz. Klaster yangi podani qabul qilishga tayyor.

Jizzax Organic sut fermasi molxona, buzoqxona, sut bloki, buzoqlagan sigirlar uchun bokslar, karantin hududi, yem omborlari, yaylov maydonlaridan iborat. Molxonada og‘illar, isitish va artezian suv uzatish mexanizmiga ega suvdonlar, iqlim nazorati tizimi, quyoshdan himoya pardalari va axlatni avtomatik yig‘ish tizimi o‘rnatilgan.

A2 SUTI ODDIYSIDAN NIMASI BILAN FARQLANADI?

Оddiy sut tarkibida ikki turdagi oqsil bor — А1 va А2. А1 oqsili organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatishi, oshqozon va ichakda noqulaylik, ovqat hazm qilishda muammolar, qorin dam bo‘lishi va og‘riq keltirib chiqarishi mumkin. Natijada odamlar laktozani singdira olmaslik deb qabul qilishadi, aslida esa sabab oqsilda.

Foydali A2 sutida A1 oqsili yo‘q, u gipoallergen va organizmga yaxshi singadi.

NEGA BA'ZI SIGIRLAR ODDIY SUT BERADI, BOSHQALARI ESA —A2 SUTINI?

Taxmin qilinishicha, dastlab barcha sutemizuvchilar A2 sutini ishlab chiqargan. Ammo 5-10 ming yil avval Shimoliy Yevropaning ba'zi sigirlarida mutatsiya yuzaga kelgan va natijada sutda xavfli A1 oqsili paydo bo‘lgan. Shunday qilib, sut turi jonivorning genlariga bog‘liq.

Podalarimiz uchun biz A2 genotipiga ega Golshtin-friz zotli sigirlarni tanlab olamiz. Aynan ular hazm qilishda muammo tug‘dirmaydigan foydali sut beradi.

А2 SUTI KIMGA TO‘G‘RI KELADI?

А2 suti hammaga to‘g‘ri keladi. U oddiy sutning foydali jihatlariga ega, shu bilan birga allergiyaga moyil va A1 oqsilini singdira olmaydigan odamlarda noxush asoratlar tug‘dirmaydi.

A2 sutida bolalar va kattalar organizmiga ijobiy ta'sir qiladigan, shuningdek, keksalardagi ozuqaviy moddalar tanqisligini to‘ldiradigan aminokislotalar, foydali yog‘lar va mikroelementlar mavjud.

Agar siz sutni singdira olmaslik yoki allergiyadan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, u holda Jizzax Organic A2 suti — sizning tanlovingiz!

QANDAY YUQORI SOG‘IMGA ERISHISH MUMKIN

Golshtin-friz sigiri kuniga 35 litr sut berishga qodir. Maksimal unumdorlik ko‘rsatkichlariga erishish uchun biz jonivorlarga qulay yashash sharoitlari yaratamiz:

  • innovatsion yorug‘lik qurilmalari sigirlar uxlamaydigan vaqtini sutkasiga 16 soatgacha uzaytiradi;
  • og‘ilxonadagi harorat 10°С dan pasaymaydi va 32°С dan oshmaydi;
  • kuchli oziqlantirish xilma xilligi bilan ajralib turadi va donli ekinlar, o‘t, pichan, foydali mikroelementlarni o‘z ichiga oladi.
  • Natija: sigirlar kamroq uxlaydi va ko‘proq sut beradi.

FOTODAVRNI TARTIBGA SOLISH

«Jizzax Organic» maydonida joriy etilayotgan yechim, ROTA GUIDO, chorvachilik xonalarini yorug‘lik yordamida zondlash. Dam olish hududidagi optimal yorug‘lik intensivligi 120 lyuks atrofida bo‘lishi kerak, oziqlantirish hududida esa 200 lyuksgacha yorug‘lik ta'minlanadi. Zarur darajadagi yorug‘lik quvvatini saqlash tufayli melatonin ishlab chiqarilishi sekinlashadi, bu jonivorning biologik evolyutsiyasiga olib keladi, jonivor «tetikroq» bo‘lib qoladi.

Uning biologik faolligi ortadi, jonivor ko‘proq yem yeyishni boshlaydi va faolroq bo‘lib boraveradi, individual sog‘im sutkasiga 2,50 litr sutgacha oshadi, shuningdek, bo‘g‘oz bo‘lish ko‘rsatkichlari sezilarli ko‘tarilgan holda reproduktivlik oshadi.

MIKROIQLIM NAZORATI

Sut fermasida mikroiqlim nazoratining muhimligini tushunish uchun sut ishlab chiqarish natijalari hamda podani ko‘paytirishda jonivorlardagi stress darajasi qanchalik katta rol o‘ynashini yodda saqlash zarur. Sigirlar uchun og‘ilxona ichidagi eng qulay harorat rejimi – 7°C dan 20°C gachani tashkil etadi.

Bunday ko‘rsatkichlarga erishish uchun ROTA GUIDO xalqaro korporatsiyasi «Jizzax Organic» sut fermasida avtomatlashtirilgan mikroiqlim tizimini joriy etmoqda, xususan quyidagilar o‘rnatib bo‘lindi:

  • Avtomatik pardalar tizimi;
  • Tunnel uslubidagi ventilatsiya tizimi;
  • Mustaqil ventilyatorlarning avtomatik tizimi;
  • Havo namligini nazorat qilish tizimi.

Bundan maqsad – qin ichi haroratini 39°C dan oshirmaslik. Sut beruvchi sigir tanasining to‘g‘ri harorati yemni yaxshi yeyish va konversiyalash, shuningdek, tashqi iqlim sharoitlariga qaramasdan jonivorni istalgan mavsumda urug‘lantirish uchun majburiy shart sanaladi.

100%
TABIIY
Sutga hech narsa qo‘shilmagan, sutdan hech narsa olib tashlanmagan
FAQAT
А2 OQSILI
А2 sutida «zararli» A1 beta-kozeini yo‘q
JONLI SUT
TA'MI
Sut xuddi bolaligimizdagidek mazali
YENGIL
HAZM BO‘LADI
Ovqat hazmi muammolari anchagina kam
BOLALAR
UCHUN IDEAL
А2 oqsili ko‘krak suti oqsiliga o‘xshash
ALLERGIYASIZ
HAYOT
Sutni singdira olmaslik muammosining yechimi
BIZNING HAMKORIMIZ
BO‘LING
Biz chorvani ko‘paytirish va go‘sht sotish sohasida shaffof shakldagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni taklif etamiz.
BATAFSIL
BIZ BILAN BOG‘LANISH

Jizzax Organic yoki mahsulotlarimiz haqida savollaringiz qoldimi?

Milliy klaster hamkori bo‘lishni xohlaysizmi?

Telefon raqamingizni qoldiring va menejerlarimiz siz bilan bog‘lanishadi!

Tugmani bosish orqali men shaxsiy ma'lumotlarimni qayta ishlashga va saytdan foydalanish shartlariga rozilik bildiraman